Maxfiylik siyosati

Chop etilgan sanasi: 11-fevral 2026-yil

“Suvhisobi” mobil ilovasi suvdan foydalanish jarayonlarini raqamlashtirish hamda tegishli elektron xizmatlarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan davlat axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Axborot tizimining egasi – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi.
Tizimni texnik ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish ishlari "Yagona integrator UZINFOCOM" MChJ tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur Maxfiylik siyosati ilovadan foydalanganda qanday ma’lumotlar qayta ishlanishini tushuntiradi.

  1. Ilovadan kimlar foydalanishi mumkin

Ilova asosan yuridik shaxslar, fermer xo‘jaliklari va tashkilotlar hamda ularning vakolatli xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Ilova voyaga yetmagan shaxslar uchun mo‘ljallanmagan.

  1. Foydalanuvchini autentifikatsiya qilish

Tizimga kirish davlat yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali taqdim etilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Ilova ichida alohida login yoki parol yaratilmaydi.

  1. Qayta ishlanadigan ma’lumotlar

Foydalanuvchining roli va davlat axborot resurslari bilan integratsiyaga qarab quyidagi ma’lumotlar qayta ishlanishi mumkin:

  • foydalanuvchining F.I.Sh.
  • telefon raqami
  • tashkilot rekvizitlari
  • soliq identifikatsiya ma’lumotlari
  • lavozimi yoki vakolati
  • elektron hujjatlar va shartnomalar haqidagi ma’lumotlar
  • tizimdan foydalanish jarayoniga oid axborotlar
  1. Avtomatik tarzda yig‘iladigan ma’lumotlar

Tizim barqarorligi va axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi texnik ma’lumotlar qayd etilishi mumkin:

  • qurilma va sessiya ma’lumotlari
  • IP manzil
  • tizim jurnallari
  • kirish va foydalanish vaqti

Kelgusidagi yangilanishlarda bildirishnomalar, xaritalar, tahliliy yoki nosozliklarni aniqlash vositalari joriy etilishi mumkin.

  1. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadi

Ma’lumotlar faqat quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi:

  • foydalanuvchini identifikatsiya qilish
  • elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish
  • elektron hujjat almashinuvi
  • qonunchilik talablarini bajarish
  • statistik va tahliliy hisobotlarni shakllantirish
  • axborot tizimi xavfsizligini ta’minlash
  1. Huquqiy asos

Tizimdan ro‘yxatdan o‘tib foydalanish orqali foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik bildiradi.

  1. Ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish

Ma’lumotlar faqat xizmatlarni ko‘rsatish zarurati tug‘ilganda yoki qonunchilikda belgilangan hollarda tegishli davlat organlari va axborot tizimlariga taqdim etilishi mumkin.

Ma’lumotlar sotilmaydi va reklama maqsadlarida foydalanilmaydi.

  1. Ma’lumotlarni saqlash

Axborotlar himoyalangan davlat infratuzilmasida saqlanadi.
Ayrim ma’lumotlar belgilangan tartibda arxivlashtirilishi mumkin.

  1. Axborot xavfsizligi

Ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, oshkor etish yoki yo‘q qilishning oldini olish maqsadida zarur tashkiliy va texnik choralar qo‘llaniladi.

  1. Hisobni o‘chirish yoki kirishni to‘xtatish

Foydalanuvchilar mobil ilova orqali akkauntni mustaqil ravishda o‘chira olmaydi.

Tizimdan foydalanish huquqi davlat reyestrlari bilan integratsiyaga bog‘liq.
Masalan, tashkilot faoliyati tugatilgan taqdirda kirish huquqi bekor qilinishi mumkin.

  1. Murojaat va aloqa

Maxfiylik yoki ma’lumotlarga ishlov berish masalalari bo‘yicha foydalanuvchilar ilovada ko‘rsatilgan rasmiy qo‘llab-quvvatlash kanallari, jumladan telefon aloqa vositalari yoki tegishli yordam xizmatlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

  1. Siyosatga o‘zgartirish kiritish

Biz texnologiyalar rivojlangan sayin yoki qonuniy talablar o'zgargan sayin ushbu Maxfiylik siyosatini yangilab borishimiz mumkin. Yangilangan siyosat saytimizda e'lon qilinadi va siz o'zgarishlarni ko'rib chiqmasangiz va yoki ko’rib chiqqaningizdan so'ng xizmatimizdan foydalanishda davom etsangiz, bu o'zgarishlarga roziligingizni anglatadi.

 

Last updated: 2026-02-11