“Suv hisobi” AT (suvhisobi.uz)  
tizimidan foydalanishni tashkil etish to‘g‘risidagi  
OMMAVIY OFЕRTA  
1.  
UMUMIY QOIDALAR  
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi nomidan ish yurituvchi Vazir o‘rinbosari  
X.O. Quvondiqov hamda «Yagona integrator UZINFOCOM» MCHJ nomidan Ustav asosida ish  
yurituvchi direktor E.I.Gimranov “Suv hisobi” AT operatorlari (keyingi o‘rinlarda – “Tizim  
operatorlari” deb yurituvchi) bir tomondan va Suv istemolchisi, O‘zbekiston Respublikasi  
Fuqarolik kodeksining 369-moddasi asosida ushbu Ommaviy ofertani boshqa biror-bir shart,  
istisno va kelishuvlarsiz qabul qiluvchi (akseptlovchi) yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi  
o‘rinlarda – “Foydalanuvchi” deb yurituvchi) ikkinchi tomondan, birgalikda “Taraflar” deb  
yuritiluvchilar, har biri amaldagi qonunchilikka va ta’sis hujjatlariga asosan ushbu Ommaviy  
ofertani tuzishda barcha vakolatiga ega ekanligini tasdiqlab, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik  
kodeksining 353-358, 369, 703-708-moddalari, 12.10.2022 yildagi O‘RQ-793-son “Elektron  
raqamli imzo to‘g‘risida”gi, 29.04.2004 yildagi O‘RQ-611-II-son “Elektron hujjat aylanishi  
to‘g‘risida”gi, 29.09.2022 yildagi O‘RQ-792-son “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunlari,  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyundagi 273-son qarori va aloqaning  
telekommunikatsiya kanallari orqali xizmat ko‘rsatishga taalluqli bo‘lgan amaldagi boshqa qonun  
hujjatlariga amal qilib, Tizim operatorlari:  
- mazkur Ommaviy ofertaning maqsadlari uchun foydalanish imkoniyatini beruvchi, unga  
mulk huquqi va boshqa huquqlarga asosan tegishli bo‘lgan «Suv hisobi” axborot tizimi (keyingi  
o‘rinlarda – «Suv hisobi” AT) ga ega ekanligini;  
- «Suv hisobi” AT orqali, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda, suvdan  
foydalanuvchilar uchun suv yetkazish tadbirlarni amalga oshirishda ta’minot va xizmat ko‘rsatish  
yuzasidan shartnomalarni elektron rasmiylashtirish;  
- «Suv hisobi” ATning elektron hujjatlarida E-IMZO xizmatidan foydalanish;  
- «Suv hisobi” AT orqali statistik, tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish va elektron hujjat  
almashinuvi imkoniyatlarini yaratadi.  
2. TЕRMIN VA TA’RIFLAR  
Ommaviy oferta – ushbu hujjat Tizim operatorlari va foydalanuvchilar o‘rtasida  
belgilangan  
tartibdagi elektron raqamli imzo kalitidan foydalangan holda ofertani akseptlash  
orqali tuziladi;  
Shaxsiy kabinet – «Suv hisobi” AT bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy  
vositalar mavjud bo‘lgan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan foydalanuvchilar uchun bo‘lim (ko‘p funksiyali  
veb-interfeys).  
Buyurtmachi  
ro‘yxatdan  
o‘tgandan  
so‘ng,  
«Suv  
hisobi”  
ATning  
avtorizatsiyalashtirilgan foydalanuvchisi bo‘ladi;  
&lektron raqamli imzo (&RI) – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini  
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil  
qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda  
xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish  
imkoniyatini beradigan imzo. ERI qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatdagi qo‘l bilan qo‘yilgan imzo bilan  
bir xil yuridik kuchga ega;  
&lektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, uni identifikatsiyalash imkonini  
beradigan boshqa elektron hujjat rekvizitlariga ega bo‘lgan hujjat, shu jumladan EH. Elektron  
hujjat, agar uni elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining yopiq kaliti yordamida imzolansa,  
qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.  
&lektron hujjat aylanishi – Reglament talablari asosida bitimlar tuzish, hisob-kitob  
qilish, rasmiy va norasmiy yozishmalar almashinuvi uchun «Suv hisobi» AT orqali elektron  
hujjatlarni shakllantirish, jo‘natish, qabul qilish, tasdiqlash va saqlash bo‘yicha jarayonlar majmui.  
Uchinchi shaxslar – amaldagi qonunchilik va ushbu ofertada boshqa narsa nazarda  
tutilmagan bo‘lsa, Elektron hujjat aylanishi operatori va Buyurtmachidan tashqari boshqa shaxslar;  
Shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni  
identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy  
jismda qayd etilgan axborot.  
Tizim operatorlari – ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi.  
Tizim foydalanuvchilari o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarni muvofiqlashtirish uchun mas’ul  
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda «Suv hisobi” ATni ishlab  
chiquvchi, ishga tushirish, texnik va dasturiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi  
“Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator  
UZINFOCOM” MCHJ;  
Foydalanuvchi – «Suv hisobi” ATdan ro‘yxatdan o‘tgan, mulkchilik shaklidan qat’iy  
nazar, yuridik shaxs (qonun hujjatlariga ko‘ra, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar) yoki  
jismoniy shaxs «Suv hisobi” AT xizmatlaridan foydalanuvchilari hisoblanadi.  
3. OMMAVIY OFЕRTA PRЕDMЕTI  
3.1. Tizim operatorlari mazkur, Ommaviy oferta akseptlangan taqdirda, ushbu Ommaviy  
xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnomalarni elektron rasmiylashtirish, oferta shartlarini bajarish  
doirasida elektron hujjat aylanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladi.  
3.2. Tizim operatorlari, ushbu ommaviy oferta bo‘yicha, Foydalanuvchining «Suv hisobi”  
ATga istalgan vaqtida kirishni ta’minlash majburiyatini oladilar.  
3.3. «Suv hisobi” ATdan foydalanish hududi: O‘zbekiston Respublikasi.  
3.4. Foydalanuvchining tizimga kun davomida (24/7 rejimda) uzluksiz kirishi  
ta’minlanadi. Texnik va profilaktika ishlarini olib borish maqsadida tizimga kirish cheklangan  
vaqt bundan mustasno (bunday holatlar «Suv hisobi” ATning asosiy sahifasida 24 soatdan kam  
bo‘lmagan holda xabar qilinadi).  
3.5. «Suv hisobi” AT orqali taqdim etilayotgan barcha xizmatlar Foydalanuvchi tomonidan  
foydalanish uchun mo‘ljallangan va «Suv hisobi” ATda ushbu xizmatlar mantiqiga xos bo‘lgan  
bevosita maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.  
3.6. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish (id.egov.uz orqali), ushbu Oferta shartlari bilan  
tanishish jarayonidan o‘tadi, rozilik bildirilgach «Suv hisobi” ATga kirish imkoniyati taqdim  
etiladi. Oferta Foydalanuvchiga «Suv hisobi” ATdan butun davr mobaynida foydalanish uchun  
amal qiladi, biroq tizim foydalanuvchisining STIR raqami o‘zgargan taqdirda, Foydalanuvchi  
«Suv hisobi” ATda Oferta bilan qaytadan tanishadi va qayta roziligini bildirish jarayonidan o‘tadi.  
3.7. «Suv hisobi” ATdan foydalanish muddati, ushbu Oferta shartlariga muvofiq, «Suv  
hisobi” ATning tegishli ma’lumotlari va funksionallaridan foydalanish imkoni ochilgan sana va  
vaqtdan boshlanadi.  
4. ASOSIY SHARTLAR  
4.1. Tizim operatorlari «Suv hisobi” ATdan foydalanish jarayonida quyidagi holatlarda  
javobgar emas:  
- Foydalanuvchi tomonidan tizimda noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilishi;  
- Foydalanuvchi tomonidan ERI kalitini saqlash va undan foydalanish qoidalari  
buzilganda;  
- Tizim operatorlarini ERI kalitining sertifikatiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida,  
jumladan, qayta tashkil etilishi, tugatilishi to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘g‘ri habardor qilmaslik;  
4.2. Tizim operatorlari:  
- tizimda shakllantirilayotgan, qabul qilinayotgan va saqlanayotgan elektron hujjatlarni  
nazorat qilish, shuningdek, ularni qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirishga;  
- elektron hujjatlarning axborot tizimida saqlanishi va shu holda tizimning boshqa  
ishtirokchilariga yetkazilishiga mas’ul hisoblanadi.  
4.3. Ushbu ofertani amalga oshirishda Foydalanuvchi:  
- davlat, konstitutsiyaviy va ijtimoiy tizimni buzishga, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa  
davlatlarning siyosiy mustaqilligi va davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligini buzuvchi, urish,  
terrorchilik, zo‘ravonlik, milliy ustunlik va diniy nafratni, irqchilik va uning turlari (antisemitizm,  
fashizm)ni targ‘ib qiluvchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sha’ni, qadr-qimmatiga  
putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy xayotiga aralashishga qaratilgan ma’lumotlar va pornografik  
mazmundagi materiallarni jo‘natish va tarqatish, shuningdek jinoiy va boshqa javobgarlikni  
keltirib chiqaruvchi boshqa harakatlarni amalga oshirishga;  
- kompyuter viruslari va  
ularga tenglashtirilgan boshqa komponentlardan tarkib  
topgan har qanday ma’lumotlarni jo‘natish;  
- intellektual mulk egasining ruxsatisiz, to‘liq yoki qisman egalik yohud boshqa huquq  
bilan himoyalangan materiallarni jo‘natishga haqli emas.  
4.4. «Suv hisobi” ATga 5 yil oldin yuklangan yoki unda shakllantirilgan ma’lumotlarni  
avtomatik tarzda arxiv papkalarga joylanadi.  
4.5. Tizimga yuklanadigan har bir elektron hujjatning hajmi 10 megabaytdan oshmasligi  
belgilanadi.  
4.6. Foydalanuvchi quyidagilarni kafolatlaydi:  
- shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda shaxsiy ma’lumot subyektlarining O‘zbekiston  
Respublikasining shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash sohasidagi amaldagi qonunchiligida nazarda  
tutilgan barcha huquqlariga rioya etilishi;  
- shaxsiy ma’lumotlarni joylashtirishda ularni qayta ishlashning barcha tamoyillari va  
shartlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan  
cheklovlarga Foydalanuvchi tomonidan rioya etilishi.  
5. OMMAVIY OFЕRTANI AKSЕPTLASH  
5.1. Tizim operatorlari ushbu Ofertani suvhisobi.uz manzili bo‘yicha  
e’lon qilishi  
(joylashtirishi) nomuayyan yuridik shaxslarga yo‘llangan mazkur Ommaviy ofertani tuzish  
bo‘yicha ommaviy taklifi hisoblanadi.  
5.2. Mazkur Ofertani tuzish orqali foydalanuvchi tizim operatorlariga oferta shartlarini  
bajarish maqsadida, amaldagi shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga  
muvofiq o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga, shu jumladan, ularni yig‘ish,  
tizimlashtirish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), ko‘chirish, foydalanish, ularni  
berish (tarqatish, taqdim etish), shuningdek tizim operatorlariga taqdim etilgan shaxsga doir  
ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etishga mazkur Ofertani tasdiqlash orqali rozilik beradi.  
5.3. Tizim operatorlari Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi  
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq barcha zarur  
bo‘lgan choralarni ko‘rishini Foydalanuvchiga kafolatlaydi. Foydalanuvchi uning shaxsga doir  
ma’lumotlariga ishlov berishga roziligi (shu jumladan uchinchi shaxslarga ham) muddatsiz  
hisoblanadi.  
5.4. Ushbu Ofertani tuzish, Foydalanuvchining mazkur Oferatga qo‘shilishi orqali, ya’ni  
ushbu Ofertani boshqa biror-bir shart, istisno va kelishuvlarsiz  
holda amalga oshiriladi.  
qabul  
qilgan  
(akseptlagan)  
5.5. Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq, ushbu hujjat Tizim operatorlarining ommaviy  
taklifidir. «Suv hisobi” AT foydalanish uchun suvhisobi.uz sahifasida ro‘yxatdan o‘tish shaklini  
to‘ldirib, tizim orqali ERI kaliti sertifikatidan foydalangan holda imzolash orqali Tomonlar oferta  
shartlarini so‘zsiz tan olishni qabul qiladilar.  
5.6. Ushbu Ommaviy ofertaning 3-bobga muvofiq, Foydalanuvchining ushbu Ommaviy  
ofertani qabul qilishi «Suv hisobi” ATda belgilangan chegaralar doirasida elektron hujjat aylanish  
xizmatlarini ko‘rsatish ofertasi hisoblanadi.  
5.7. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuniga  
asoslanib, Taraflar ushbu ofertani qog‘oz hujjatga tenglashtiradilar va u bilan bir xil yuridik  
kuchga ega bo‘lishiga kelishadilar.  
6. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI  
6.1. Taraflar O‘zbekiston  
Respublikasining  
qonunchilik hujjatlari va ushbu Oferta  
asosida huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladilar hamda javobgar bo‘ladilar. Xususan, Tizim  
operatorlari quyidagi hollarda Foydalanuvchiga Tizimga kirishni/ulanishni tushuntirishlarsiz  
bekor qilishi huquqiga ega:  
- qonun hujjatlari, ushbu ofertada ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra;  
- vakolatli davlat organlari va adliya organlarining ko‘rsatmalariga muvofiq.  
6.2. Jumladan, Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:  
- Tizim operatorlaridan ushbu Ommaviy oferta shartlari asosida xizmat ko‘rsatishni talab  
qilish;  
- «Suv hisobi” ATdagi nosozliklar bo‘yicha Tizim operatorlariga murojaat qilish va unda  
elektron hujjatlar ayirboshlash masalalarida maslahat olish.  
- «Suv hisobi” ATga sutka davomida uzluksiz va har kuni 24/7 rejimida (yigirma to‘rt soat,  
haftasiga yetti kun) kirish imkoniyatiga ega bo‘lish («Suv hisobi” ATda e’lon qilingan profilaktika  
va texnik ishlari olib borish vaqti bundan mustasno).  
6.3. Jumladan, Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:  
- «Suv hisobi” ATdan belgilangan tartibga muvofiq to‘liq va to‘g‘ri foydalanish;  
- Rekvizitlar va/yoki yuridik manzil o‘zgarganligi to‘g‘risida Tizim operatorlarini 10 (o‘n)  
kun muddat ichida xabardor qilishi va shu bilan birga Foydalanuvchining shaxsiy kabinetidagi  
ma’lumotlarni o‘z vaqtida o‘zgartirishi. Aks holda, Tizim operatorlari, Rekvizitlar va/yoki yuridik  
manzilga kiritilmagan o‘zgartirishlar uchun javobgar bo‘lmaydi;  
- Tizim operatorlariga Ommaviy oferta bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi uchun zarur  
bo‘lgan barcha ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim qilish;  
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, shuningdek ushbu Oferta  
shartlariga amal qilish.  
6.4. Tizim operatorlari quyidagi huquqlarga ega:  
-
Ofertaning  
4.3-bandida  
ko‘rsatilgan  
holatlarda  
Foydalanuvchining  
tizimdan  
foydalanishini bir tomonlama to‘xtatish;  
- kelib tushgan hujjatlarda zararli dasturlar, viruslar va boshqa ta’qiqlangan ma’lumotlar  
mavjud emasligini tekshirish;  
- Foydalanuvchilarning tizim servislariga kiruvchi Internet manzillarini saqlab qo‘yish,  
identifikatsiyalash uchun tizimga kiruvchi brauzer va boshqa platformalardagi sessiyaviy  
ma’lumotlarni saqlab qo‘yish;  
- «Suv hisobi” ATni uzliksiz ishlashini ta’minlash uchun boshqa har qanday himoya  
choralarini ko‘rish;  
- Foydalanuvchi Ommaviy oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim  
darajada  
to‘liq yoki qisman to‘xtatish;  
- Foydalanuvchining Shaxsiy kabinetiga elektron xabar jo‘natish yo‘li bilan oldindan  
bajarmaganda, uni kamida 1 kun oldin xabardor qilib, ushbu ofertani amal qilishini  
ogohlantirib rejadan tashqari profilaktika va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;  
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qilish uchun «Suv hisobi”  
ATni modifikatsiya qilish yoki yangi talqinini chiqarish;  
- Tizim operatorlari «Suv hisobi” ATga yangi xususiyatlar va funksional imkoniyatlar  
kiritish va/yoki mavjud xususiyatlar va funksional imkoniyatlarni o‘chirish.  
7. FORS-MAJOR HOLATLAR  
7.1. Foydalanuvchilar va Tizim operatorlari ommaviy oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarini  
bajarmaganligi yoki tegishligicha bajarmaganligi uchun, agar bunday vaziyat taraflar oldindan  
bilishi, oldini olishi mumkin bo‘lmagan yengib bo‘lmas kuch favqulodda xususiyatga ega  
voqealar, ya’ni fors-major holatlar (suv toshqini, zilzila, yong‘in, tabiiy ofatlar, xarbiy  
operatsiyalar, blokadalar, davlat boshqaruvi organlarining ta’qiqi, pandemiya, epidemiya, aloqa  
va energiya ta’minotidagi uzilishlar va boshqalar) natijasida sodir etilgan bo‘lsa tomonlar bir-  
birining oldida javobgar bo‘lmaydilar.  
7.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda taraflar ushbu holatlar bartaraf etilguniga  
qadar ommaviy oferta bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘ladilar.  
7.3. Fors-major holatlari yuzaga kelganligi yoki bartaraf etilganligi haqidagi xabarnomalar  
taraflarda mavjud bo‘lgan barcha aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin.  
7.4. Agar ushbu bo‘limda belgilangan holatlar 2 (ikki) oydan ortiq davom etsa, u holda  
«Suv hisobi” AT foydalanuvchilari tomonidan Ommaviy ofertani qabul qilish avtomatik ravishda  
rad etiladi. Ammo foydalanuvchi «Suv hisobi” AT ga kirish tiklangan paytdan boshlab Ommaviy  
oferta shartlarini qayta qabul qilish va ushbu Ommaviy oferta shartlarini qabul qilish huquqiga  
ega.  
8. TOMONLARNING VAKOLATI  
8.1. Foydalanuvchi «Suv hisobi” ATda ro‘yxatdan o‘tish sanasida ushbu Ommaviy oferta  
bilan qabul qilingan ma’lumotlarni qayta ishlash siyosatini qabul qilish bilan quyidagi kafolatlarni  
beradi:  
- Foydalanuvchi Ommaviy oferta bilan belgilangan tartib-tamoyillarni qabul qilish va  
bajarish uchun to‘liq huquq hamda vakolatga egaligi;  
- Foydalanuvchi, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy, yoki boshqa sud tomonidan protsesslarda  
ishtirok etish orqali ushbu Ommaviy oferta bilan belgilangan tartib-tamoyillarning buzilishi va  
boshqa Foydalanuvchilar hamda Tizim operatorlari faoliyatiga zarar yetkazmaslikka.  
9. AMAL QILISH MUDDATI, OMMAVIY OFЕRTANI O‘ZGARTIRISH  
VA BЕKOR QILISH  
9.1. Oferta shartlariga va tarif shartlariga muvofiq «Suv hisobi” ATdan foydalanish  
muddati tugashi bilan (kirish muddati tugashi);  
9.2. Tizim operatorlari istalgan vaqtda “suvhisobi.uz” da joylashgan ushbu Ommaviy  
oferta shartlariga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritish o‘zgartirishlarni Tizim operatorlari  
saytida e’lon qilish yo‘li bilan xabardor qilib, o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish yoxud  
Ommaviy ofertani yangi tahrirda tasdiqlashga haqli.  
9.3. Ofertaga kiritayotgan o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar qonun va me’yoriy  
hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu rasmiy hujjatlarga o‘zgarishlar  
kuchga kirishi bilan bir vaqtda kuchga kiradi.  
9.4. Ommaviy ofertaning yangi tahririda boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, Mazkur  
Ommaviy ofertaning yangi tahriri suvhisobi.uz manzilida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga  
kiradi.  
10. NIZOLARNI HAL QILISH  
10.1. «Suv hisobi” AT imkoniyatlaridan foydalanish davrida, agar Foydalanuvchilar  
Ommaviy oferta talablaridan kelib chiqqan holda o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblasa, ular Tizim  
operatorlariga yozma va elektron shaklda yozma da’vo yuborishlari mumkin.  
10.2. Yozma da’vo quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:  
- talabnoma mohiyati;  
- huquqiy va xaqiqiy asoslari to‘g‘risidagi ma’lumot;  
- da’voning asosiy dalillari.  
10.3. «Suv hisobi” AT foydalanuvchilaridan biri boshqa tarafdan yozma talabnoma olgan  
kundan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kun davomida nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal  
qilmasa, u holda da’vo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sud  
tomonidan ko‘rib chiqiladi.  
11. OMMAVIY OFЕRTA TALABLARIGA RIOYA QILISHDAN  
BIR TOMONLAMA BOSH TORTISH  
11.1. Quyida e’tirof etilgan holatlardan biri yuzaga kelganida, Tizim operatorlari  
Foydalanuvchilarga elektron tarzda xabar yuborish orqali ushbu Ommaviy oferta tartib-  
tamoyillariga rioya etishdan bir tomonlama bosh tortishga va foydalanuvchilarni «Suv hisobi”  
ATdan foydalanish huquqlarini to‘xtatishga haqli, jumladan:  
- Foydalanuvchilar tomonidan Ommaviy oferta tartib-tamoyillari buzilganda;  
- «Suv hisobi” ATdan foydalanish jarayonida foydalanuvchi va Tizim operatorlari  
o‘rtasida belgilangan qoidalar, talablar va majburiyatlarning buzilganda.  
12. YAKUNIY QOIDALAR  
12.1. Ommaviy oferta elektron shaklda tuzilgan va «Suv hisobi” AT foydalanuvchilari  
tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi. Foydalanuvchi Ommaviy ofertadan «Suv hisobi”  
ATning istalgan ish vaqtida foydalanishi mumkin.  
12.2. Tomonlarning xech biri mazkur Oferta bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini  
boshqa tomonning yozma shaklda roziligisiz biror bir uchinchi tomonga berib yuborilishi mumkin  
emas.  
12.3. Ofertada nazarda tutilmagan shartlar mavjud bo‘lsa tomonlar O‘zbekiston  
Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.